Mercedes-Benz 1886-yili asos solingan. Tashkilotchilar Karl Bents, Gotlib Daymler, Vilgelm Maybax. Joylashuvi: Shtutgart, Germaniya.Mahsuloti:Yengil avtomobillar, yuk tashuvchi avtomobillar, avtobuslar, dvigatellar. Web sahifasi: mercedes-benz.Uning brendi 2010-yil 25,2 mlrd Aqsh Dollari deb belgilangan. U Yengil avtomobillar brend narxi boʻyicha 2-oʻrinni band etib turibdi.(2010). 2021-yil mart oyida „Mercedes-Benz“ Xitoy bozoridan 2,6 million avtomobilni qaytarib olishga qaror qildi. Qaror ushbu mamlakatda ishlab chiqarilib, import qilingan avtomobillarga ham, modellarga ham tegishli boʻladi. Avtomobillarni qaytarib olishga ulardagi dasturiy taʼminot – favqulodda xizmatlarni chaqirish tizimida qayd etilgan muammo sabab boʻlgan. Nosozlik tufayli tizim avtohalokat sodir boʻlganidan keyin favqulodda xizmatlarga notoʻgʻri maʼlumotlar yuborgan va oqibatda qutqaruvchilar notoʻgʻri manzillarga borgan[4].

Asosiy sahifaga qaytish