Automobili Lamborghini SpA (italyancha talaffuzi: [autoˈmɔːbili lamborˈɡiːni]) — eng mashhur italyan avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi. Uning bosh qarorgohi SantʼAgata Bolonez shahrida joylashgan. U qimmat va hashamatli avtomobillardan tashqari sport avtomobillar ishlab chiqarish bilan ham shugʻullanadi. Kompaniya oʻzining shoʻba korxonasiItaliyalik ishlab chiqaruvchi Ferruccio Lamborghini 1963-yilda Ferrari bilan raqobatlashish uchun Automobili Ferruccio Lamborghini SpA kompaniyasiga asos solgan. Lamborghini oʻzining birinchi oʻn yilligida tez oʻsdi, ammo 1973-yilgi jahon moliyaviy inqirozi va neft inqirozi ortidan sotuvlar pasayib ketdi. Firma egaligi 1973-yildan keyin uch marta oʻzgardi, shu jumladan 1978-yilda bankrot boʻldi. American Chrysler Corporation1987-yilda Lamborghini boshqaruvini oʻz qoʻliga oldi va uni Malayziyaning Mycom Setdco investitsiya guruhiga va 1994-yilda Indoneziyaning V’Power Corporation guruhiga sotdi. 1998-yilda Mycom Setdco va V’Power Lamborghini-ni Volkswagen guruhiga sotdi[1].
Asosiy sahifaga qaytish