BMW i — kam yoqilgʻi sarflaydigan yuqori texnologiyali gibrid va elektromobillarni ishlab chiqarish uchun tashkil qilingan BMW boʻlimi.2010-yil oxirida BMW i1, i2, i3, i4, i5, i6, i7, i8 va i9 avtomobillari nomlarini savdo belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazdi. Shu vaqtdan boshlab Vision EfficientDynamics kontsept- kari BMW i8[1] deb nomlanishi maʼlum boʻldi. 2011-yil fevral oyida kompaniya ilgari Project i (I loyihasi)ni[2] BMW i deb nomlanishini eʼlon qildi. Keyinchalik, dastlabki 2 ta avtomobil[3] -i8 sport kupesi va ilgari „Mega City Vehicle“ deb nomlangan i3 shahar xetchbeki[4] namoyish etildi. 2011-yilgi Frankfurt avtosalonida boʻlinma va avtomobillarni ilk taqdimoti boʻlib oʻtdi[5]. Birinchi koʻrgazma zali 2012-yilda Londonda ochilgan. Avtomobillar Leyptsigda yigʻiladi.

Asosiy sahifaga qaytish